1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qamashida zamonaviy ko’ngilochar va xizmat ko’rsatish maskani ochildi

Vohaliklar uchun 10 ga yaqin savdo, xizmat va dam olish imkoniyatlari yaratildi.

Qamashida zamonaviy ko’ngilochar va xizmat ko’rsatish maskani ochildi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida katta savdo va xizmat ko‘rsatish binosi ochildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori Bahriddin Bahodirov, tuman IIB rahbari Nodirbek Rahimov, nuroniylar, tuman aholisi, tadbirkorlar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

 

 

Mazkur zamonaviy va keng qamrovli maskan, qamashiliklar uchun tadbirkor Furqat Diyorov tomonidan qurib berildi. Binoda aholi uchun barcha — savdo, xizmat ko‘rsatish va dam olish imkoniyatlari yaratilgan. Xususan, oziq-ovqat do‘konlari, ovqatlanish shahobchasi, maishiy texnika do‘koni, bolalar o‘yingohlari va basseyn shular jumlasidandir.

 

Qayd etilishicha, ushbu kompleks bunyod etilishi qamashiliklarning bir qator ehtiyojlari uchun uzoq hududlarga borishining oldini oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика