Bu haqda O‘zA xabar berdi.
2016-yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston prezidentining 97 ta farmoniga asosan jami 23 ming 310 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. .
Unga ko‘ra,
2016-yilda – 179 nafar;
2017-yilda – 1 064 nafar;
2018-yilda – 2 760 nafar;
2019-yilda – 6 318 nafar;
2020-yilda – 8 127 nafar;
2021-yilda – 4 567 nafar;
2022-yilda – 295 nafar.
Eslatib o‘tamiz, 1992-yildan 2016-yilga qadar mamlakatda jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Yaʼni, 1991-yildan 2007-yilga qadar respublikada jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berilgan bo‘lsa, 2007-yildan 2016-yilning dekabr oyiga qadar O‘zbekiston fuqaroligi hech kimga berilmagan.


