
Agentlikning ma'lum qilishicha, toliblar Qandahorning "Shariat ovozi" radiostansiyasini egallab olgani haqida videolavhalar tarqatgan.
Videomurojaatda “Tolibon” vakili radiostansiyaning barcha xodimi o‘z ish joyida ekanini aytgan, Qandahor aholisini ushbu radiostansiyani “Tolibon” nazorati ostiga o‘tgani bilan tabriklagan.
Bundan avval “Tolibon” jangarilari Afg‘oniston shimoli-g‘arbida joylashgan Faryob viloyati markazi Maymana shahriga yana hujum qilgani haqida xabarlar kelib tushgan edi.
14 avgust kuni ertalab jangarilar mamlakat shimoli-g‘arbidagi Balx viloyati markazi Mozori Sharif shahriga ham hujum qildi.
Nasiba To'xtayeva


