1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qarshida bar xodimi mehmonni pichoq bilan o‘ldirdi

Bugun bosh prokuratura Qarshi shahridagi "Rubay lounge bar"da sodir etilgan qotillik tafsilotlarini eʼlon qildi.

Qarshida bar xodimi mehmonni pichoq bilan o‘ldirdi

 

Voqea 23 avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Qarshi shahridagi tungi barlardan birida sodir bo‘lgan. Mehmonlar o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan.

 

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qilgan.

 

29 yoshli yigitga barning boshqa bir mehmoni unga termulib turgani yoqmaydi. Mehmonlarning janjali paytida, mijozlarni tinchlantirish uchun bar xodimlaridan biri mojaroga aralashadi. Biroq, 29 yoshli mojaro qo‘zg‘atuvchisi barmenni itarib yuboradi va bar xodimi oshxona pichog‘i bilan huquqbuzarga og‘ir zarba beradi. Buning natijasida janjal ishtirokchisi kasalxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan prokuratura Jinoyat kodeksining 97 -moddasi 1 -qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Gumon qilinuvchi - bar xodimi protsessual tartibda hibsga olingan.

 

Avvalroq, Qarshilik sportchi Elbek Rahimovning o‘ldirib ketilgani haqida ma'lum qilgan edik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика