1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da mashina portladi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da mashina portladi

 

Bugun, 6-may kuni soat 9:30 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Konchilar mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz (metan) quyish shoxobchasida oq rangli, Nexia-2 rusumli avtomobilning gaz balloniga gaz quyish vaqtida yorilish (portlash) sodir bo‘ldi.

 

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, hodisa natijasida avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlangan, voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

 

Avtomashina yaqinida bo‘lgan 1 nafar fuqaro yengil darajada tan jarohati olgan va zudlikda tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

 

Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика