1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston televideniyasida rus tilidagi kontent cheklanmoqda

Madaniyat vaziri o‘rinbosari telekanallar o‘z kontentining 60 foizini qirg‘iz tilida namoyish etishlari shartligini taʼkidladi.

Qirg‘iziston televideniyasida rus tilidagi kontent cheklanmoqda

 

2026 yil mart oyidan boshlab Qirg‘izistonda faoliyat yuritayotgan barcha telekanallarning tili va efir kontenti bo‘yicha keng qamrovli tekshiruvlar boshlanadi. Bu haqda Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Marat Tagayev OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maʼlum qildi deydi 24 kg nashri.

 

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, televideniye dasturlarining kamida 60 foizi qirg‘iz tilida hamda mahalliy kontentdan iborat bo‘lishi shart. Tekshiruvlar davomida mazkur talablarga rioya qilinishi baholanadi. Rossiya telekanallari mamlakatning xorijiy ommaviy axborot vositalarida ustunlik qiladi.

 

Vazir o‘rinbosarining taʼkidlashicha, ayrim xususiy telekanallar yillar davomida eski filmlar va dasturlarni takror namoyish etish orqali yangi kontent ishlab chiqarmasdan daromad topib kelmoqda. Ushbu holat qonun talablariga zid ekani qayd etildi.

 

Hozirda mamlakatda 42 ta telekanal faoliyat yuritadi. Shulardan faqat MTRK va ELTR davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, qoidabuzarlik aniqlangan telekanallarga nisbatan choralar 2026 yil oxiriga qadar qabul qilinadi. Ayni paytda kanallarni yopish masalasi kun tartibida yo‘q.

 

Shuningdek, Madaniyat vazirligi xususiy telekanallarga “Qirg‘izfilm” va “Qirg‘izserial” fondlaridan mahalliy kontent xarid qilishni taklif qilmoqda. Mazkur fondlarda 400 ga yaqin film, 40 dan ortiq animatsion loyiha hamda seriallar mavjud. Telekanallarga shartnomalar imzolash uchun olti haftalik muddat beriladi. Aks holda, ushbu kontent davlat telekanallariga taqdim etiladi.

 

Til va kontent bo‘yicha sifat nazorati hamda efirga muvofiqlik sinovlari 2026 yil mart oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика