1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda elektron sigaretalar importiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi

Qaror rasman e’lon qilinganidan 15 kun o‘tib kuchga kiradi.

Qirg‘izistonda elektron sigaretalar importiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi

 

Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan navbatdagi qarorni qabul qildi. Hukumat qaroriga muvofiq, elektron sigaretalar hamda ular uchun mo‘ljallangan kartrijlarni mamlakat hududiga olib kirish vaqtincha taqiqlanadi. Bu haqda kaktus.media nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur cheklov elektron sigaretalar importiga olti oy muddatga joriy etilgan. Qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib kuchga kiradi.

 

Vaqtinchalik taqiqdan ko‘zlangan asosiy maqsad — nikotinga qaramlik darajasini kamaytirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida elektron sigaretalarning keng tarqalishining oldini olishdir. Rasmiylarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mazkur mahsulotlar yoshlar orasida tez ommalashib, aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

 

Shu munosabat bilan elektron sigaretalarning nazoratsiz importini cheklash orqali jamoat salomatligini muhofaza qilish choralari kuchaytirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика