1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda ichki ishlar xodimi xotinini otib o‘ldirdi

Maʼlum bo‘lishicha, er-xotin hodisa sodir bo‘lgan kuni rasman ajrashgan.

Qirg‘izistonda ichki ishlar xodimi xotinini otib o‘ldirdi

 

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sobiq ichki ishlar organlari xodimi rafiqasini o‘ldirganlikda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, ilgari Bishkek shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida xizmat qilgan U.B. 23 dekabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan qo‘lga olingan.

 

Fojia Bokonbayev va Ibraimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Dastlabki tergov maʼlumotlariga ko‘ra, er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Mojaro davomida erkak rafiqasiga o‘qotar quroldan olti marta o‘q uzgan. Ayol olgan og‘ir jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, juftlik hodisa sodir bo‘lgan kuni rasman ajrashgan. Shuningdek, ushbu sana marhumaning 47 yoshga to‘lgan kuni bilan ham bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Oiladan ikki nafar farzand yetim qolgan.

 

Gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergov jarayonida uning jinoyat sodir etilgan paytda mast holatda bo‘lgani aniqlangan. Bundan tashqari, marhuma ilgari oilaviy zo‘ravonlik holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgani ham maʼlum qilindi.

 

Mazkur holat yuzasidan qotillik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика