Qirg‘iziston fuqarolariga Rossiyaga borishdan vaqtinchalik tiyilib turish tavsiya etildi.
“Rossiya hududida joriy etilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralari va davlat chegarasidan o‘tkazishning kuchaytirilgan rejimi davom etayotgani bois Rossiya Federatsiyasiga kirish uchun jo‘yali asoslarga ega bo‘lmagan Qirg‘iziston fuqarolariga kuchaytirilgan choralar olib tashlanmagunga qadar u yerga borishdan tiyilib turish tavsiya etiladi”, — deyiladi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.


