Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan ota yerto‘ladan topildi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, aliment majburiyatini bajarmay kelgan ota mahalladagi uyning podvalida yashiringan holda topilgan.
O‘zini oqlash uchun “podvalga gaz ulaganim uchun kirdim” deb bahona qilgan.
“Davlat ijrochisi ijro hujjatlari asosida tezkor harakat qildi, zarur hujjatlar sudga taqdim etildi va Qo‘qon sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llandi”, deyiladi xabarda.


