Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo'yicha buyrug'i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi.
Unga ko’ra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga Orinbayev Amanbay Tleubayevich tayinlangan.
Tayinlovga qadar A.Orinbayev IIV JXD Probatsiya xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Surxondaryo viloyati IIB tarkibida lavozim tayinlovlari amalga oshirilgani xabar qilingandi.


