1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘iston hududiy mudofaaga tayyorlanmoqda

Yangi qonun safarbarlik shayligini va xavfsizlik choralarini kuchaytiradi.

Qozog‘iston hududiy mudofaaga tayyorlanmoqda

Qozog‘iston Senati “Qozog‘iston Respublikasining hududiy mudofaasi to‘g‘risida”gi qonunni va unga oid tegishli o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Ushbu hujjat mamlakatda samarali hududiy mudofaa tizimini shakllantirish, safarbarlikka tayyorgarlik darajasini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarda aholining xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilgan.

 

Qonunda hududiy mudofaa — mudofaa tizimining mustaqil yo‘nalishi sifatida belgilangan. Unda tizimning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tamoyillari, moliyalashtirish manbalari hamda tegishli harbiy organlar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar keltirilgan. Shuningdek, “ko‘ngilli” va “o‘zini-o‘zi himoya qilish” kabi yangi atamalar joriy etilgan. Prezidentdan tortib mahalliy ijro organlarigacha bo‘lgan vakolatli tuzilmalar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan.

 

Qonunga muvofiq, hududiy mudofaa tizimi tarkibiga hududiy qo‘shinlar, xavfsizlik kuchlari, maxsus kuchlar hamda ko‘ngillilar kiradi. Ko‘ngilli bo‘linmalar Qurolli Kuchlar safida jangovar vazifalarni bajarish huquqiga ega bo‘ladi. Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaletdinovning ta’kidlashicha, qonun o‘zgaruvchan geosiyosiy sharoitlar inobatga olingan holda qabul qilinmoqda va ehtimoliy tahdidlarga tayyor turishni ko‘zlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика