1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Raqamlar o‘zgardi: “Dok-1 Maks” siropidan 68 nafar bola vafot etgan

Oliy sud eʼlon qilgan dastlabki maʼlumotda vafot etgan bolalar soni 65 nafar edi.

Raqamlar o‘zgardi: “Dok-1 Maks” siropidan 68 nafar bola vafot etgan

 

“Dok-1 Maks” sudida rasmiylar, xususan, davlat ayblovchisi O‘zbekistonda mazkur siropdan vafot etgan bolalar soni 68 nafar ekanini maʼlum qilib, dastlab Oliy sud tomonidan eʼlon qilingan raqamlar o‘zgarganini tasdiqladi. Bu haqda “Daryo” maʼlum qildi. 

 

Sudning bugun, 10 yanvar kuni davom etayotgan navbatdagi majlisida 23 nafar sudlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirilgan.

 

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha davom etayotgan sudning bundan avvalgi majlisida mavjud jinoyat ishiga yangi jinoyat ishi qo‘shilib, bitta ish yurituviga biriktirilgani, holat yuzasidan 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

 

Sud majlisida ayblovni o‘qib eshittirgan prokurorga ko‘ra, siropdan vafot etgan bolalar soni 68 nafarga yetib, dastlab Oliy sud tomonidan eʼlon qilingan raqamlar o‘zgargan.

 

Sirop bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud majlislarining birida Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Mamatqul Azizov siropdan vafot etganlar 66 nafar ekanini, vafot etgan bolalar ro‘yxatidan tushib qolgan yana bir marhum bola borligini ochiqlagandi.

 

Tergov eʼlon qilgan qo‘shimcha jinoyat ishida yozilishicha, “Dok-1 Maks” siropidan yana 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari esa yengil tan jarohati olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика