1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rim-katolik cherkovida yangi rahbar saylovi yaqinlashmoqda

Rim papasini saylash 5-may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Rim-katolik cherkovida yangi rahbar saylovi yaqinlashmoqda

 

Rim-katolik cherkovi rahbarining navbatdagi saylovi – Konklav 5-maydan boshlanishi mumkin. Bu sana Kardinallar jamoasi tomonidan muqaddas marosimlar taqvimi asosida belgilandi, ammo yakuniy qaror 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan dafn marosimidan so‘ng tasdiqlanadi.

 

Xabarlarga ko‘ra, Rim papasi Frensis vafotidan so‘ng 4-mayga qadar novendial – to‘qqiz kunlik motam e’lon qilinadi. Motam marosimlari Avliyo Pyotr bazilikasida bo‘lib o‘tadi. Frensis 21-aprel kuni insultdan keyin koma holatida vafot etgan. Dafn marosimi 26-aprel kuni, vasiyatiga ko‘ra, Santa Mariya Maggiore bazilikasida o‘tkaziladi. Uning vatani-Argentinada bir haftalik motam e’lon qilindi.

 

Hozirda bo‘sh qolgan Apostol Taxti davridagi muhim qarorlarni hal qilayotgan jamoada 103 nafar kardinal ishtirok etmoqda. Kardinallar kolleji tarkibida jami 252 kardinal bo‘lib, ulardan 135 nafari konklavda ovoz berish huquqiga ega. Ularning har biri papa taxtiga da’vogar bo‘lishi mumkin.

 

Yangi Papa Sistine kapellasida har kuni o‘tkaziladigan to‘rtta yashirin ovoz berish orqali saylanadi. G‘olib bo‘lishi uchun ovozlarning uchdan ikki qismini qo‘lga kiritish talab etiladi. Saylov yakunlangach, natija avliyo Pyotr maydonida oq tutun orqali e’lon qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика