1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya o‘g‘irlangan ukrainalik bolalarni Shimoliy Koreyaga yuborgan

12 va 16 yoshdagi bolalar 9000 km uzoqlikdagi lagerda saqlanib, ideologik va harbiy tayyorgarlikka jalb qilingan.

Rossiya o‘g‘irlangan ukrainalik bolalarni Shimoliy Koreyaga yuborgan

 

Ukrainaning rasmiy manbalari va inson huquqlari ekspertlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan hududlardan o‘g‘irlangan bolalarning bir qismi Shimoliy Koreyaga jo‘natilgan. Xususan, Donetsk viloyatidan 12 yoshli Misha va Qrimning Simferopol shahridan 16 yoshli Liza 9000 kilometr uzoqlikdagi Songdovon lageriga yuborilgan.

 

Ekspertlar ta’kidicha, bolalar ushbu lagerda maxsus harbiy va ideologik tayyorgarlikka jalb qilingan. Shuningdek, ular tarixiy voqealarni o‘zgartirilgan talqin asosida o‘rganishga majburlangan.

 

Kiyev manbalariga ko‘ra, Rossiyaning bosqini boshlanganidan beri 19 500 dan ortiq bola o‘g‘irlangan bo‘lib, hozirgacha ularning atigi 1800 ga yaqini qaytarilgan. Bolalar yoshiga qarab, 8 oylikdan 17 yoshgacha bo‘lganlar ham nazorat ostida va ularning ona tilida gapirishga taqiq qo‘yilgan.

 

Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belova avvalroq Rossiya 2022-yilning fevralidan 2023-yilning iyuliga qadar 700 ming ukrainalik bolani “qabul qilganini” ma’lum qilgandi.

 

AQSh Kongressi quyi qoʻmitasi oldida guvohlik berar ekan, Yevropa Ittifoqi gumanitar tadqiqotlar laboratoriyasi (HRL) ijrochi direktori Nataniel Raymond, uning guruhi tadqiqotiga koʻra, qoʻlga olingan paytdagi yoshi 8 oydan 17 yoshgacha boʻlgan kamida 35 ming ukrainalik bola vaqtincha yoki doimiy ravishda Rossiya vasiyligi ostida ekanligini aytdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика