1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada o'g'il onasini yoqib yubordi

Bunga onasining pul bermagani sabab bo'lgan.

Rossiyada o'g'il onasini yoqib yubordi

 

Rossiyaning Kaluga viloyati, Borovsk shahrida o‘g‘il onasining uyiga o‘t qo‘ydi. Mahalliy jurnalist Evgeniy Serkinning Telegram-kanalida berilgan xabarga ko‘ra, u ayolga benzin sepib, telefonini tortib olgan.

 

Fojia 16-martga o‘tar kechasi sodir bo‘lib, voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar 60 yoshli ayolni yonayotgan uydan qutqarib qolishgan. Jabrlanuvchi tanasining 90 foizi kuyishi natijasida og‘ir ahvolda Kaluga kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uyga o‘t qo‘yishda ayolning o‘g‘li aybdor bo‘lishi mumkin. U onasidan pul so‘ragan, biroq rad javobi olgach, unga va xonalariga benzin sepib, yong‘in chiqargan.

 

Gumonlanuvchining hibsga olingani yoki yo‘qligi hozircha noma’lum. Rasmiylar ushbu hodisa bo‘yicha tergov olib bormoqda. Mahalliy aholi esa bunday shafqatsizlikdan dahshatga tushgan, qo‘shnilar ayolning farzandi bilan oldin ham muammolari bo‘lgani haqida gapirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика