Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda siniq doskada dars o‘tilgani aks etgan rasmlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, doskaning darz ketgan surati maktabning fizika fani o‘qituvchisi tomonidan 3 mart kuni muammoni bartaraf etish maqsadida maktab o‘qituvchilari guruhiga yuborilgan.
“Ayni damda maktabdagi yaroqsiz doska yangisiga almashtirilgan va sinfda ham kichik taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan”, — deyiladi xabarda.


