1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sanginov bir qancha neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi tanqidiy yig‘ilishda yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun Termiz, Jizzax, Maroqand hamda Kuchlik neft bazalari rahbarlarini egallab turgan lavozimlaridan ozod etdi.

Sanginov bir qancha neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi

 

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov rahbarligida neft bazalari faoliyatiga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda neft bazalari rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unda neft bazalar faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy va intizomiy holatni yaxshilash, soliq yukini optimallashtirish, ishchi-xizmatchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda o‘rtacha ish haqini oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, aholiga halollik, poklik va ochiqlik tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatish orqali sifatli neft mahsulotlarini yetkazib berish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

 

Olib borilgan o‘rganish va tahlillar natijasiga ko‘ra, yil davomida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Termiz, Jizzax, Maroqand hamda Kuchlik neft bazalari rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика