1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sergelida MIB MCHJdan 1,3 mlrd so‘m soliq qarzini undirdi

Korxona “Lada Largus” avtomobili xatlangach, qarzni to‘lashga majbur bo‘lgan.

Sergelida MIB MCHJdan 1,3 mlrd so‘m soliq qarzini undirdi

Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha navbatdagi ijro harakatlari samarali yakunlandi.

 

Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2025 yil 24 noyabrdagi qaroriga asosan “C.A.H.I.” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan jami 1 mlrd 308 mln 432 ming 084,1 so‘m miqdorida soliq qarzdorligini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati 2025 yil 27 noyabr kuni Byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan.

 

Qarzdorga qonunchilikka muvofiq qarzdorlikni ixtiyoriy tarzda qoplash uchun besh kunlik muddat berilgan. Biroq belgilangan muddat ichida to‘lov amalga oshirilmagan.

 

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor korxonaga tegishli “Lada Largus” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlandi.

 

Ko‘rilgan majburiy ijro choralari natijasida soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, ijro ishi Qonunning 41-moddasiga muvofiq tamomlandi. Shuningdek, korxonaga tegishli xatlangan mulklarga qo‘yilgan bandlar olib tashlanib, ular belgilangan tartibda egasiga qaytarildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика