1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shaharsozlik Kengashi faoliyati ustidan nazorat kuchaytirildi

Endilikda Shaharsozlik Kengashi tomonidan berilgan va amaldagi normalarga zid ravishda tasdiqlangan kengash xulosalari Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

Shaharsozlik Kengashi faoliyati ustidan nazorat kuchaytirildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining maʼlum qilishicha, endi Shaharsozlik Kengashi tomonidan berilgan va amaldagi normalarga zid ravishda tasdiqlangan kengash xulosalari Vazirlar Mahkamasining 496-sonli qaroriga asosan bekor qilinadi. Bu qurilishda kelib chiqadigan turli nizolar sudga qadar hal etiladi, degani.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir viloyatda tashkil qilingan Shaharsozlik kengashlari faoliyati bo‘yicha ham eʼtirozlar ko‘pligini aytgandi.

 

Shuningdek, noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilishi alohida taʼkidlangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика