1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Holatni Ekologiya vazirligi qoraladi.

Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan video tarqaldi. Bu holat internet foydalanuvchilarining eʼtirozlariga sabab bo‘lgan.

 

Ayni damda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan holat o‘rganilmoqda.

 

“O‘rganish natijalariga ko‘ra batafsil maʼlumot beriladi va huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘riladi.

 

Ekologiya vazirligi hayvonlarga nisbatan har qanday shafqatsiz munosabatni qoralaydi va bu kabi holatlar qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib o‘tadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика