1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin nima haqda gaplashdi?

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari muloqoti tafsilotlari maʼlum qilindi.

Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin nima haqda gaplashdi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiyani, shu jumladan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, hududlarning ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Joriy yil 22-oktabr kuni Moskva viloyatida o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi samarali bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

3-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasida qo‘shma biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlarning rejasi muhokama qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика