Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VI ga taʼziya yo‘lladi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.


