1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam berishi mumkin

Bundan Janubiy Koreya Milliy mudofaa vazirligi xavotir bildirmoqda.

Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam berishi mumkin

Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam berish uchun Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishi mumkin. Bu haqida Janubiy Koreya Milliy mudofaa vazirligi rahbari Kim En Xen maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya va Shimoliy Koreya harbiy ittifoqqa o‘xshash o‘zaro shartnoma imzolaganligi sababli, bunday joylashtirish ehtimoli yuqori”.

 

Avvalroq Donesk yaqinida rossiyalik harbiylar bilan tajriba almashish uchun kelgan Shimoliy Koreyaning olti nafar ofitseri yo‘q qilingani maʼlum bo‘lgan edi.

 

“Bundan tashqari, Janubiy Koreya harbiylari KXDRda atom suvosti kemasi qurilishi belgilarini qayd etdi”, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика