1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Shimoliy oqim”da navbatdagi gaz sizib chiqish nuqtasi aniqlandi

Bu safar avariya Shvetsiya qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘lgan.

“Shimoliy oqim”da navbatdagi gaz sizib chiqish nuqtasi aniqlandi

 

Shvetsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati “Shimoliy oqim”da gaz sizib chiqayotgan to‘rtinchi nuqtani aniqladi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

 

Shvetsiya dengiz maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, gap “Shimoliy oqim-2” o‘tkazgichi haqida ketmoqda. Sizib chiqish nuqtasi qirollik iqtisodiy zonasida sodir bo‘lgan. Oqibatida diametri 200 metrgacha bo‘lgan gaz ko‘piklari vujudga kelgan.

 

26 sentyabr kuni “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” o‘tkazgichlarida katta miqdorda gaz sizib chiqishi aniqlandi. Qator Yevropa davlatlari, xususan, Daniya va Polsha bunga qo‘poruvchilik harakati sabab bo‘lganini aytmoqda. Germaniya va Shvetsiya ham o‘tkazgichlarga sabotaj  natijasida zarar yetkazilganini taʼkidlagan.

 

Oqibatda “Shimoliy oqim”dagi gaz bosimi pasayib ketdi. Bu Yevropa va Rossiya o‘rtasidagi “energetik urush” avj olgan bir paytda sodir bo‘lmoqda. Bryussel va Moskva hodisa ortidan dengiz tubidagi gaz o‘tkazgichlari butunlay ishdan chiqishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

 

Rossiya-Ukraina mojarosi boshlangach,  “Shimoliy oqim-2”ni sertifikatlash to‘xtatib qo‘yildi. Germaniya hukumati ushbu loyiha ishga tushmasligini maʼlum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика