1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Shimoliy oqim”lardagi portlash kuchi maʼlum qilindi

NATO davlatlari Rossiyani gaz o‘tkazgichlarini ishdan chiqarishda ayblamoqda.

“Shimoliy oqim”lardagi portlash kuchi maʼlum qilindi

 

 “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz o‘tkazgichlarida dushanba kuni ming trotil ekvivalentga teng portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda Daniya xavfsizlik organlari xulosasiga tayanib  The Wall Street Journal xabar berdi.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, Daniya bu haqda chorshanba kuni NATO davlatlari vakillari uchrashuvida maʼlum qilgan. Ikki portlashning umumiy kuchi 1100 fut trotilga teng bo‘lgani aytilmoqda.

 

NATO hodisada Rossiyani ayblamoqda. Yevropa diplomatlarining fikricha, alyans davlatlari xulosa berishga shoshilmayapti va ular qo‘shimcha dalillar keltirilmaguncha rasmiy bayonot bermaslikni maʼqul ko‘rgan.

 

Dushanba kuni “Shimoliy oqim” o‘tkazgichlarida katta miqdorda gaz sizib chiqishi aniqlandi. Yevropa davlatlari hodisada Moskvani ayblagan. O‘z navbatida Rossiya tomoni ham o‘tkazgichlarda terakt bo‘lganini va uning ortida AQSH turganini taʼkidlagan.

 

Hozirda gaz o‘tkazgichlari orqali Yevroittifoqqa yoqilg‘i eksporti deyarli to‘xtagan.

 

Avvalroq Shvetsiya qirg‘oqlari yaqinida gaz sizib chiqishining yangi nuqtasi aniqlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика