1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

«Snos» muammosiga Konstitutsiya normalarida yechim topiladimi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu bo‘yicha ma’lumot berildi.

«Snos» muammosiga Konstitutsiya normalarida yechim topiladimi?

 

Qonunchilik palatasining Konstitusiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha normalar kiritiladi. Jumladan, davlatning fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishga oid vazifalarini nazarda tutuvchi yangi modda kiritiladi. Bundan tashqari, mazkur moddaga muvofiq, davlat fuqarolar bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etishi va rag‘batlantirishi nazarda tutilmoqda.

 

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, fuqarolarning uy-joyli bo‘lish huquqi konstitusiyaviy darajada mustahkamlanmoqda. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishiga shart-sharoit yaratishi belgilanmoqda. Ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarni uy-joy bilan ta’minlashning qonuniy asoslari yaratilmoqda.

 

Konstitusiyada hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi aniq mustahkamlanmoqda. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

 

Mazkur normaning Konstitusiyaga kiritilishi bir necha yillardan buyon jamiyatda o‘tkir muammolardan biriga aylangan «snos» bilan bog‘liq muammoga yechim bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика