1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya valyutasidan Asadning portreti olib tashlanadi

Yangi Suriya funti oltita nominalda, tasvir va portretlarsiz chiqariladi.

Suriya valyutasidan Asadning portreti olib tashlanadi

 

Suriya milliy valyutasidan mamlakat sobiq prezidenti Bashar al-Asadning portreti olib tashlanadi. Bu haqda Suriya Markaziy banki rahbari Abdulqodir al-Hasriya rasmiy bayonot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yangilangan Suriya funti 2026-yil 1-yanvardan boshlab muomalaga kiritiladi. Markaziy bank rahbarining ta’kidlashicha, mazkur qaror mamlakatda yangi iqtisodiy bosqich boshlanayotganini, shuningdek, qo‘lga kiritilgan siyosiy suverenitet va milliy birlik tamoyillariga sodiqlikni aks ettiradi.

 

Hozirgi vaqtda Suriyada muomalada bo‘lgan qog‘oz banknotalarda eski siyosiy ramzlar saqlanib qolgan. Xususan, 2000 funtlik banknotada Bashar al-Asadning, 1000 funtlik kupyurada esa uning otasi — Suriya sobiq prezidenti Hofiz al-Asadning portreti tasvirlangan.

 

Yangilanish doirasida Suriya funti oltita nominalda chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, banknotalarda shaxsiy portretlar, siyosiy ramzlar yoki tasvirlar joylashtirilmaydi. Bu yondashuv valyutani siyosiy obrazlardan xoli qilishga qaratilgan.

 

Shuningdek, Suriya funtining so‘nggi yillarda keskin qadrsizlangani sababli uni qayta nomlash jarayoni ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика