1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda ayol chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi

Unga nisbatan sud hukmi o'qildi.

Surxondaryoda ayol chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi

 

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi 36 yoshli ayol 7 kunlik chaqalog‘ini 62 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

 

Ayol olti nafar farzandning onasi bo‘lib, chaqalog‘ini sotish orqali pul ishlashga harakat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

 

Sud ayolni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan odam savdosi) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика