1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryodagi konda oltingugurt gazi sizib chiqdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Surxondaryodagi konda oltingugurt gazi sizib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqda Surxondaryoda joylashgan gaz konida portlash sodir bo‘lgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan FVV Matbuot xizmati izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, 1 sentyabr kuni soat 15:17 da Boysun tumanida joylashgan "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ilash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.

 

Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

 

Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yetib borgan. Mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика