Senatning 55-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan tasdiqlanayotgan Tadbirkorlik kodeksi 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini unifikatsiya qilish nazarda tutilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Mazkur kodeks tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning yagona tizimi bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatining erkinligi va qonuniyligini taʼminlash, subyektlar tengligi, halol raqobat, vijdoniylik prezumpsiyasi, korrupsiyadan xolis bo‘lish kabi asosiy prinsiplarni o‘z ichiga oladi.
Qonun qizg‘ini muhokamadan so‘ng senatorlar tomonidan maʼqullandi.


