Maʼlum bo‘lishicha, tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda hududida qo‘shimcha qurilishlar olib borishni rejalashtirayotgan bo‘lgan. Biroq qurilish uchun zarur ruxsatnomalarni olish jarayonida Namangan shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, uning arizalari eʼtiborsiz qoldirilgan.
Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan o‘tkazilgan o‘rganishda tegishli organ masʼul xodimi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganligi aniqlandi.
Natijada, unga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi qo‘llanildi. Tadbirkorning rekonstruksiya va qo‘shimcha qurilishlarni amalga oshirishi uchun ruxsatnoma berildi.


