1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

To‘rt nafar bokschimiz bugun jahon chempionati finalida ringga chiqadi

Moskva shahrida yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tadi.

To‘rt nafar bokschimiz bugun jahon chempionati finalida ringga chiqadi

Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati  maʼlum qildi.

Oltin medal uchun kechadigan bugungi bahslarda 4 nafar vakilimiz — Mavluda Mavlonova (-75 kg), Osiyo o‘yinlari finalchisi Shunqor Abdurasulov (-60 kg), Mujibillo Tursunov (-64 kg) va Lazizbek Mullajonov (+91 kg)  ringga ko‘tariladi. Ushbu o‘yinlar  Toshkent vaqti bilan quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:

Mavluda Mavlonova – Viktoriya Kebikova (Belarus): (-75 kg, 18:00 dan so‘ng)

Shunqor Abdurasulov – Konstantin Opolskiy (Rossiya): (-60 kg, 19:20 dan so‘ng)

Mujibillo Tursunov – Dmitriy Asanov (Belarus): (-64 kg, 19:35 dan so‘ng)

Lazizbek Mullojonov – Svetoslav Teterin (Rossiya): (+91 kg, 21:15 dan so‘ng).

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) shu yilning oktyabr oyida o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining mukofot jamg‘armasini eʼlon qilgani haqida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика