1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportida hushidan ketgan ayol vafot etgani maʼlum bo‘ldi

Avvalroq bu xabarni Bosh prokuratura inkor qilgandi.

Toshkent aeroportida hushidan ketgan ayol vafot etgani maʼlum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent aeroportida 37 yoshli ayol hushidan ketib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati dastavval bu xabarni rad etib, keyinroq ayolning vafot etganini rasman tasdiqladi.

 

Olingan so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan ayol Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelib, sog‘ligi yomonlashganligi sababli Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan.

 

Tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik o‘lim holati qayd etilgan. Marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

 

Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика