1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Kuchli qor yog‘ishi sabab samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qaytarilgan.

Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

 

22-yanvar kuni respublikaning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkentdan Termizga uchgan «Silk Avia» aviakompaniyasining US-751 reysi ob-havo sharoiti sababli ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

 

Samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qaytarilgan.

 

Avvalroq Toshkent–Vladivostok yo‘nalishida parvoz qilayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767-300 samolyoti texnik nosozlik tufayli Krasnoyarskdagi D.A. Xvorostovskiy nomidagi xalqaro aeroportga favqulodda qo‘nganligi haqida xabar berilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика