1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent va Sirdaryoda “valyutafurushlar” ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent va Sirdaryoda “valyutafurushlar” ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.S. fuqaro J.X.ga 10 170 AQSH dollarini 129,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, departamentning Yangiyer shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.D. fuqaro X.A.ga 3 200 AQSH dollarini 40,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 6 350 AQSH dollari, 42 300 Rossiya rubli, 40 Tojikiston somoniysi va 8,6 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика