Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi metan zapravkada Damas avtomashinasi portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, 15-mart kuni soat 19:30 larda Toshkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro D.D.ga tegishli bo‘lgan "Gaz 322132" rusumli transport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz ballonining trubkasida chaqnash sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng bosim bilan gaz balloni himoya qopqog‘i chiqib ketishi oqibatida gaz quyish shoxobchasi tom qismi va transport vositasiga zarar yetgan.
Ushbu holat natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.


