1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 220 nafar yetakchi trener-psixologlar bilan o'quv seminari o'tkazildi

Psixologlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Toshkentda 220 nafar yetakchi trener-psixologlar bilan o'quv seminari o'tkazildi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 20–21-avgust kunlari Toshkent shahridagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida umumiy o‘rta ta’lim maktablari psixologlari uchun respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi. Tadbirda mamlakatning turli hududlaridan 220 nafar yetakchi trener-psixologlar ishtirok etdi.

 

 

 

Seminarning asosiy maqsadi maktab psixologlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion metodlarni o‘rganishdan iborat. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning yosh va individual psixologik xususiyatlarini inobatga olish, stress va konflikt holatlarida samarali yordam ko‘rsatish, ota-onalar bilan konstruktiv muloqot olib borish hamda ta’lim muhitida motivatsiyani oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.

 

 

 

Dastlabki kunlarda ishtirokchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning normativ hujjatlari, diagnostika usullari, raqamli resurslardan foydalanish, deviantologiya asoslari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Keyingi mashg‘ulotlarda esa “Korreksiya metodlari”, “Ota-onalar bilan hamkorlik”, “Stresslarga bardoshlilik” va “Treninglarni tashkil etish” kabi mavzular o‘qitildi. Shuningdek, art terapiya, ertak terapiyasi va redjio pedagogika bo‘yicha ko‘rgazmali xonalar tashkil qilindi.

 

 

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday seminarlar nafaqat poytaxtda, balki hududlarda ham tizimli ravishda o‘tkaziladi. Unda qatnashgan psixologlar o‘z bilim va tajribalarini joylardagi 13 mingdan ortiq hamkasblari bilan ulashib, ta’lim muhitida sog‘lom psixologik atmosfera yaratishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика