Bugun, 5-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:08 da Qozog‘istonda 4,5 balli zilzila kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 68,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 41 km shimoliy-g‘arbda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
—Toshkent shahrida 4 ball, 41 km.
—Toshkent viloyatida 3 ball, 68 km.
—Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 120 km.


