1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda "Aviasozlar" bozorida yana yong‘in chiqdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo'q.

Toshkentda "Aviasozlar" bozorida yana yong‘in chiqdi

Bugun, 4-yanvar kuni soat 19:19 da “112” tizimi orqali Toshkent shahri Yashnobod tumani Aviatsiyachilar ko‘chasida joylashgan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ hududidagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb etilib, ular soat 19:24 da yetib borgan. Yong‘in soat 19:29 da qurshab olinib, 19:34 da to‘liq o‘chirildi.

 

Yong‘in oqibatida do‘konning taxminan 20 kvadrat metr maydonida ichki qismi va shift qismi yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 13-dekabrda ham ushbu bozor hududidagi ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика