1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda elektr taʼminoti tizimi tubdan o‘zgartiriladi

Unga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilmoqda.

Toshkentda elektr taʼminoti tizimi tubdan o‘zgartiriladi

 

Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi.

 

Birinchisi — Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish boshlandi. Shuningdek, bugungi tadbirda Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalariga start beriladi.

 

Bu loyihalarga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilmoqda. Bu stansiyalar to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat kafolatlangan elektr ishlab chiqaradi.

 

Bu stansiyalarning elektr energiyasi qo‘shimcha 2 million aholi va 30 ming korxona talabini taʼminlashga yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, poytaxtda elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash uchun yangi podstansiyalar quriladi va mavjudlari yangilanadi, qo‘shimcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar quriladi, issiqlik markazlari rekonstruksiya qilinadi, kogeneratsiya texnologiyasi joriy qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика