1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Lacetti va Nexia-3 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Hodisaga Lacetti haydovchisining boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo'lakka chiqib ketgani sabab bo'lgan.

Toshkentda Lacetti va Nexia-3 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

 

Joriy yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahrida Lacetti va Nexia-3 rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mazkur hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Yashnobod tumanida taxminan soat 03:45 atrofida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomashina 21 yoshli haydovchi tomonidan boshqarilgan bo‘lib, u boshqaruvni yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi harakat yo‘lagiga chiqib ketgan va 47 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili bilan to‘qnashgan.

 

To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Har ikki transport vositasi haydovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi — “Yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика