1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda mast erkak odamlarni pichoq bilan qo‘rqitdi

Hozirda unga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan.

Toshkentda mast erkak odamlarni pichoq bilan qo‘rqitdi

Joriy yilning 18 aprel kuni taxminan soat 19:40 atrofida Shayxontohur tumani “Sebzor” ko‘chasida joylashgan avtoturargohlardan birida o‘rnatilgan “tashvish tugmasi” bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Aniqlanishicha, 1958 yilda tug‘ilgan X.S. mast holatda bo‘la turib, avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, jamoat tartibini buzgan. So‘ngra voqea joyidan qochib, ko‘p qavatli uylardan biriga kirib ketgan.

 

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro X.S. ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan. Taʼkidlanishicha, fuqaro X.S. tomonidan pichoq bilan hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan MJtKning 183- moddasi (“mayda bezorilik”), 194- moddasi (“IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 185-2- moddasi (“sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”) moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan.

 

Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика