1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda mobil ekologik laboratoriyalar kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda

Poytaxtdagi havo sifati 24 soat davomida monitoring qilinmoqda.

Toshkentda mobil ekologik laboratoriyalar kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda

Toshkent shahrida atmosfera havosini doimiy nazorat qilish uchun mobil ekologik laboratoriyalar faoliyati kuchaytirildi. Poytaxtning barcha tumanlarida 24 soat davomida havo ifloslanishi monitoring qilinmoqda.

 

Mazkur laboratoriyalar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashgan analitik nazorat markazi” tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Yunusobod tumanidagi "Turkiston" metro bekati atrofidagi hudud ham nazorat qilinmoqda.

 

Ekologiya qo‘mitasi tomonidan havo sifatini yaxshilash maqsadida tezkor shtab faoliyat yuritmoqda. Aniqlangan ifloslanish manbalari tegishli tashkilotlarga yetkazilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, shuningdek, qo‘mita poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика