1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “mulla” niqobidagi erkak ayollarga shilqimlik qildi

O‘zini mulla deb tanishtirgan erkak ayollarga nisbatan nomaqbul harakat qilgani uchun besh sutkaga qamaldi.

Toshkentda “mulla” niqobidagi erkak ayollarga shilqimlik qildi

Poytaxtning Yangihayot tumanida yashovchi 33 yoshli erkak o‘zini mulla sifatida tanishtirib, marosim vaqtida ayol va uning jiyaniga nisbatan jinsiy tusdagi harakatlar sodir etganlikda aybdor deb topildi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 14-oktabr kuni “Yangi turmush” mahallasida sodir bo‘lgan. Ayol yomon tush ko‘rgach, tanishining tavsiyasi bilan uydan “duo o‘qib berish” uchun erkakni chaqirtirgan. U o‘zini mulla sifatida tanishtirib, marosim uchun 3,6 million so‘m talab qilgan.

 

Ammo marosim davomida u ayol va uning voyaga yetgan jiyaniga nisbatan odobsiz xatti-harakatlar qilgan. Jabrlanuvchilar voqeadan so‘ng darhol huquq-tartibot organlariga murojaat etgan.

 

Sud jarayonida erkak o‘z aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. Sud uning harakatlarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (“Jinsiy zo‘ravonlik”) bilan malakalab, besh sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

 

Shuningdek, unga ushlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida 309 ming so‘m undirish belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика