1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda qurilish firmasi vakillari va aholi janjallashdi

Holat yuzasidan poytaxt IIBB ma’lumot berdi.

Toshkentda qurilish firmasi vakillari va aholi janjallashdi

 

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 17-may kuni qurilish firmasi vakillari va shu hududda yashovchi aholi o‘rtasida mojaro chiqdi. Holat yuzasidan shahar IIBB ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu hududda qurilish bo‘lishiga norozilik bildirgan fuqarolarga qarshi 1991 yilda tug‘ilgan F.J., 1992 yilda tug‘ilgan S.X., 1993 yilda tug‘ilgan X.N.lar baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan F.J., S.X., X.N.larga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi tomonidan ularga nisbatan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика