1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yana avtobus tutab ketdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentda yana avtobus tutab ketdi

Ijtimoiy tarmoqda “Mersedes-Benz” rusumli avtobusda tutun hosil bo‘lgani aks etgan video tarqalmoqda.

 

Rasmiy xabarga ko‘ra, holat “Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobusda sodir bo‘lgan. Avtobus Bunyodkor shohko‘chasidan harakatlanib borayotgan vaqtida turbonaduv qismidagi nosozlik sababli tutun chiqarish qismidan moy sizib chiqishi oqibatida tutun chiqqan.

 

Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko‘rib, soat 09:40 da “7-avtobus saroyi” filialining navbatchi nozimasiga axborot bergan va avtobus zudlik bilan avtobus saroyiga qaytarilgan. Hozirda “7-avtobus saroyi” filialining texnik mutaxassislari tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni ham “MAN A22 CNG” rusumli avtobusda tutun chiqish hodisasi kuzatilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика