1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Zo‘rTV xodimlari kaltaklandi

Holatga AOKA rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkentda Zo‘rTV xodimlari kaltaklandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Zo‘rTV telekanali muxbiri va tasvirchisiga nisbatan xizmat faoliyati vaqtida haqoratli so‘zlar bilan tasvirga olish ishlariga to‘sqinlik qilingani va kuch ishlatilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holatga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

“Agentlik jurnalistik faoliyatga to‘sqinlik qiluvchi va OAV xodimlariga nisbatan bo‘ladigan har qanday tazyiqni keskin qoralaydi. Shunga ko‘ra, Agentlik o‘z vakolat doirasidan kelib chiqib, bo‘lib o‘tgan voqelikka huquqiy baho berish va adolatli qaror qabul qilishlarini so‘rab Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga rasmiy murojaat yo‘lladi.

 

AOKA huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jarayon o‘rganilishi hamda xizmat tekshiruvlari natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi va bu ishni nazoratga oladi.

 

Ishonamizki, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura holatga huquqiy baho berishda qonunchilik normalariga zid xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan tegishli choralarni ko‘radi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика