1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi kafe atrofini sichqon bosdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentdagi kafe atrofini sichqon bosdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi “Minor” metro bekati atrofida sichqon yurgani aks etgan video xabar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, boshqarmaning Yunusobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan. Shuningdek, sichqon yurgan hudud atrofida shirinliklar bilan shug‘ullanuvchi kefe mavjudligi sababli hududda zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, shahar ko‘chalarida zararsizlantirish ishlarini tashkil etish tumanlardagi Obodonlashtirish bo‘limlari vazifasiga kiradi. Xususan, tashkilot, muassasa va ko‘p qavatli uylarda zararsizlantirish ishlarini olib borish davlat tasarrufidagi yoki xususiy dezinfeksiya tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida olib borilishi lozim.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика