Bugun, 11 aprel kuni soat 13:20 da Yashnobod tumani Mavlono Riyoziy ko‘chasida joylashgan podstansiyada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 13:27 da yetib borib, yong‘in soat 13:41 da o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlangani aniqlandi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.


